«pensiya jamg‘armasi» tegli maqolalar


1-yanvardan pensiya hisoblashda inobatga olinadigan o‘rtacha ish haqi miqdori oshiriladi
15 dekabr 2022, 21:15

1-yanvardan pensiya hisoblashda inobatga olinadigan o‘rtacha ish haqi miqdori oshiriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, yanvar oyidan boshlab fuqarolarning pensiya tayinlashda hisobga olingan o‘rtacha oylik ish haqi 3,2 mln so‘mdan yuqori bo‘lsa, ularga amaldagiga nisbatan qariyb 390 ming so‘m ko‘proq pul to‘lanadi. Pensiyasi oshadigan fuqarolarga dekabr oyida SMS xabar yuboriladi.

Pensiya olish huquqiga ega bo‘ladigan xodimlar ro‘yxati tuziladi
15 oktabr 2022, 12:47

Pensiya olish huquqiga ega bo‘ladigan xodimlar ro‘yxati tuziladi

Hukumat qarori bilan «Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom» tasdiqlandi. Hujjat pensiya bilan bog‘liq barcha yuridik masalalarni tartibga soladi.

Pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdori oshirilishi kutilmoqda
28 iyun 2022, 10:00

Pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdori oshirilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda pensiyani hisoblash miqdorini oshirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, hozirgacha 3,7 mln so‘m oylik olgan fuqaroga pensiya tayinlashda inobatga olingan 3,2 mln so‘mni — 3,8 mln so‘mgacha oshirish rejalashtirilgan. «Bu pensiya miqdori sezilarli oshishini ta’minlaydi», — deb hisoblaydi Pensiya jamg‘armasi.

Karantin tufayli tayinlanishi kechikkan pensiyalar to‘liq qoplab beriladi
4 aprel 2022, 16:28

Karantin tufayli tayinlanishi kechikkan pensiyalar to‘liq qoplab beriladi

Pensiya jamg‘armasi ma’lum qilishicha, fuqarolarning pensiya olish huquqi karantin davrida paydo bo‘lsa, biroq ushbu muddatda pensiya tayinlash uchun murojaat qila olmasa, unga pensiya huquqi paydo bo‘lgan sanadan boshlab to‘liq pul to‘lab beriladi.

100 yosh va undan oshganlarning pensiyasiga qo‘shimcha pul to‘lanadi
18 yanvar 2022, 14:42

100 yosh va undan oshganlarning pensiyasiga qo‘shimcha pul to‘lanadi

O‘zbekistonda 100 yosh va undan oshgan fuqarolarning nafaqasiga pensiyani hisoblashning bazaviy 100% miqdorida — 289 000 so‘m qo‘shimcha to‘lov qilinadi. 1 yanvar holatiga mamlakatda 570 nafar 100 yosh va undan oshgan shaxs istiqomat qiladi.

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 mlndan oshdi
22 noyabr 2021, 16:36

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 mlndan oshdi

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 mln nafardan ko‘proqni tashkil etmoqda. Shundan qariyb 3 mln nafari yoshga doir pensiya oluvchilar hisobiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori e’lon qilindi
26 oktabr 2021, 19:42

O‘zbekistonda bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori e’lon qilindi

sentabrda respublika bo‘yicha bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori 924 780 so‘mni tashkil etdi. O‘rtacha pensiyaning eng yuqori miqdori Toshkent shahrida (1 250 992 so‘m) va eng kam miqdori Andijon viloyatida (801 640 so‘m) qayd etilgan. 2016−2021 yillarda pensiyalar miqdori 2,2 baravarga oshdi.

Uchta viloyatda pensiya pullarining o‘z egalariga yetib bormagani aniqlandi
9 dekabr 2020, 18:18

Uchta viloyatda pensiya pullarining o‘z egalariga yetib bormagani aniqlandi

Namangan, Navoiy va Samarqand viloyatlarida «Halq banki» sayyor kassalari xodimlari pensiya to‘lovi ro‘yxati chiqarilganiga qaramasdan, pullarni o‘z vaqtida nafaqaxo‘rlarga yetkazib bermagani aniqlandi. Pensiya bir necha oy davomida sababsiz yetkazib berilmagan. Hozirda to‘lovlar kechikishiga sababchi bo‘lgan shaxslar ishdan bo‘shatilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting